O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazida “Yaponiya kuni” mavzuiga tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazida “Yaponiya kuni” mavzuiga tadbiri o‘tkazildi

2019-yil 3-may kuni soat 15:00 da yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish, shunigdek, O‘zbekiston va Yaponiya tarixi, madaniyati va an’analarini o‘rganishi bakalavr, magistrantlar va doktorantlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va O‘zbek-yapon markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazida “Yaponiya kuni” mavzuiga bag'ishlangan tadbiri o‘tkazildi.

“Yaponiya kuni” doirasida “Yaponiya – kecha, bugun, ertangi kun” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda ToshDTU talabalari va "Sehriyo" nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilario‘z ijodiy ishlanmalari va asarlarini taqdim etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston-Yaponiya Markazining vakillari ToshDTU bakalavriature, magistratura va tayanch doctorantura talabalari hamda "Sehriyo" nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun Markazning faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar taqdim etib va eng asosiysi, qiziqarli va foydali o‘quv materiallari ko‘rinishida prezentatsiyalar, shuningdek, qiziqarli Viktorina o‘tkazib berishdi!

Bu o‘tkazilgan tadbir nafaqat Yaponiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari o'rtasida ta'lim, ilmiy va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa bo‘libgina qolmasdan, balki yoshlarni nafaqat ilmiy va ma’rifiy, balki yoshlarning madaniy rivojida ham o’z hissasini qo’shadi hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi!