O'zbek-yapon ta'lim va fan haftaligi yakunlandi! (2019 yil 4-12 noyabr kunlari TDTUda Ta'lim va fan haftaligi o'tkazildi)

O'zbek-yapon ta'lim va fan haftaligi yakunlandi! (2019 yil 4-12 noyabr kunlari TDTUda Ta'lim va fan haftaligi o'tkazildi)

2019 yil 12-noyabr kuni O’zbek-Yapon yoshlar innovatsion markazida Toshkent davlat texnika universiteti va Nagoya universiteti rahbariyati tomonidan tashkil etilgan O‘zbek-yapon ta’lim va fan haftaligi yakunlandi.

O'zbek-yapon ta'lim va fan haftaligida Nagoya universiteti muhandislik fakulteti professori Yokio Ishida va Xara Susumu bir qator ma'ruzalar va seminarlarni o'tkazdilar.

Ushbu haftalikda Toshkent davlat texnika universitetining iqtidorli talaba va magistrantlari faol ishtirok etdilar.

2019 yil 12-noyabrning oxirgi kunida talabalar uchun O’zbek-Yapon Ta'lim va fan haftaligida ishtirok etish paytida olingan bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovi o'tkazildi. Sinov imtihonining natijalariga ko'ra, Yaponiya tomoni kelgusi yil Nagoya universitetidagi muhandislik fakulteti laboratoriyalaridan birida amaliyot o'tash uchun takliflarni olishlari mumkin bo'lgan eng yaxshi 2-3 talabani tanlaydi.

Test sinovlari yakunida Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati ishtirokida xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor U. V. Mannanov, Nagoya universiteti professori Yokio Ishida, Nagoya universiteti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Yuriko Nishizaki xonim va O'zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi direktori E.B.Xaltursunov ishtirok etdilar. Nagoya universiteti nomidan O’zbek-Yapon ta'lim va fan haftaligi qatnashchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirlar do'stona va samimiy ruhda o'tdi.