Markaz direktori innovasion rivojlanish va amaliy ilmiy-texnik san'at sohasidagi rahbarlar uchun JICA o'quv dasturida ishtirok etdi

Markaz direktori innovasion rivojlanish va amaliy ilmiy-texnik san'at sohasidagi rahbarlar uchun JICA o'quv dasturida ishtirok etdi

Joriy yilning 1 fevralidan 12 fevraligacha Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Yaponiyada innovasion rivojlanish va amaliy ilmiy-texnik san'at sohasidagi rahbarlar uchun maxsus o'quv kursi tashkil etildi. Ushbu kursda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan boshqarma boshlig'i B.M.Ismailov, innovasion rivojlanish vazirligi bo'lim boshlig'i Sh.I.Otajonov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidan ilmiy-tadqiqot va innovasiya ishlari bo'yicha prorektori Sh.Nematov va O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi direktori E.Xaltursunov ishtiroq etdilar.

Tashkil etilgan o'quv kursi "O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazining ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash" JICA loyihasiga muvofiq o'tkazildi.

Kursning asosiy vazifalaridan biri innovasion ishlanmalarni amalga oshirish tajribasini o'rganish, ularni tijoratlashtirish, sanoat-ta'lim hamkorligi, innovasion mahsulotlarni tijoratlashtirishda venchur mablag'larini jalb qilish, biznes inkubatorlarni tashkil etish, innovasiya markazlari va biznes-inkubator markazlarini rivojlantirishda mahalliy hokimiyatlarni qo'llab-quvvatlashi, shuningdek, sanoat, ta'lim va fondlar o'rtasidagi hamkorligi edi.

Kurs ishtiroqchilari dastur davomida Tokio, Yokoxama va Kioto kabi bir qator Yapon shaharlariga ham tashrif buyurdi.

Kurs dasturiga oliy texnika o'quv yurtlariga (Teyiko va Keyo universitetlari) tashriflar kiritilgan. Kurs ishtirokchilariga universitetlarda innovasiya markazlarini tashkil etish, xususan, "ochiq innovasiya markazlari" tizimi, innovasion ishlanmalarni amalga oshirish, Tokiodagi "IHI" OAJ sanoat korxonalari hamda Tokioning chetidagi axlatlarini yondiruvchi korxonalarining to'g'risida taqdimotlar va ma'ruzalar taqdim etildi.

Kurs yakunida JICA tashkilotchilari kurs ishtirokchilariga kurs dasturini muvaffaqiyatli yakunlanganligi bo'yicha sertifikatlarini taqdim etdilar.