Konchilik ishi va mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash laboratoriyasi

Umumiy holat

1.1. "Konchilik ishi va mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash" laboratoriyasi (bundan keying o’rinlarda “laboratoriya” deb ataladi) "O'zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi" davlat korxonasi (bundan keying o’rinlarda “Markaz” deb ataladi) tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.
1.2. Laboratoriya o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi Ta'lim to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi me’yoriy hujjatlari, Markaz Nizomi, Markazning ichki me’yoriy hujjatlari va ushbu Nizom ushbu Nizom asosida olib boradi.
1.3. Laboratoriyaga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va maydon ajratiladi hamda ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanish uchun moddiy javobgarlik belgilanadi. Laboratoriya mehnat intizomi, texnika va yong'in xavfsizligiga xodimlarni amal qilishini ta'minlaydi.

Laboratoriyaning maqsadi, vazifalari va faoliyati

2.1. Laboratoriya asosiy maqsadi O'zbekiston innovatsion iqtisodiyotning bazasini yaratishda faol ishtirok etish uchun yosh mutaxassislar va talabalarning innovatsiya va ta'lim faoliyatini ularning ilmiy-texnik g'oyalarini real vositalar, uskunalar, texnologik jarayonlar va yechimlarga tadbiq etish orqali rivojlantirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish.
2.2. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga qiziquvchan va o’z ilmiy ishlarini amaliyotga joriy qilishni hohlaydigan qobiliyatli va iqtidorli talabalar, yosh olimlar va turli soha mutaxassis xodimlarini birlashtirish.
2.3. Sanoat sohalari uchun yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradigan texnologiyalar "transferi" va yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishga mo’ljallangan yoshlar ijodiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish.
2.4. Muhandislik faoliyatining xalqaro standartlariga muvofiq ilmiy-texnologik loyihalash printsiplarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish ko’nikmasiga ega bo'lgan yosh mutaxassislarni tayyorlash.
2.5. Yosh mutaxassislarda xorij tajribalarini chuqur o'rganish asosida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida bozor talab qilgan texnologiyalarni qo'llash qobiliyatlarini shakllantirish.
2.6. Markazning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha yosh mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini zarur eksperimental va tajriba-texnologik bazasi bilan ta’minlash.
2.7. Yosh mutaxassislarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashish uchun yuqori malakali expert-ustozlar, xorijlik expertlar va ko'ngillilarni jalb qilish.
2.8. Yetakchi mahalliy va xorijiy nashrlarda (Rossiya ilmiy ixtiboslik indeksi va Scopus reytinglariga kiritilgan) tadqiqot natijalarini chop qilish, shuningdek markaz nomidan eng istiqbolli ishlanmalarni patentlash.
2.9. Tasdiqlangan texnik topshiriq va kalendar rejalarga muvofiq bajarilishi belgilangan ish hajmini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash.
2.10. Laboratoriya loyihalarni boshqarish sifatini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda faoliyat amalga oshiradi.
2.11. Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha eksperimental tadqiqotlar o'tkazish uchun zamonaviy laboratoriya klasterini yaratish:
- tadqiq qilinayotgan ruda tur va navlarining mineralogik-geokimyoviy va texnologik xususiyatlarini hamda ularning modda-kimyoviy tarkibi, mineral komplekslarining modda tarkiblarini o‘rganish;
- tadqiq qilinayotgan mineral-xomashyo resurslaridan qimmatbaho komponentlarni selektiv ajratib olish va qayta ishlashning yangi innovatsion usullarini, reagent rejimlarini va texnologik sxemasini izlash va ishlab chiqish;
- tadqiq qilinayotgan mineral-xomashyo resurslaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishni oshirish usullarining nazariy asoslarini aniqlash va ularni ishlab chiqish;
- laboratoriya sharoitida o‘tkazilayotgan nazariy va eksperimental tadqiqot natijalarini imkon qadar ishlab chiqarish natijalariga yaqinlashtirish;
- tog‘-kon korxonalarini texnologik audit qilishda gidrogeologik axborot-modellashtirish kompleksini yaratish;
- ishlab chiqilgan mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash texnologiyasini Respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish.
Yaponiya tomoni bilan kelishilgan holda Markazning faoliyatidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot, texnologik ob'ektlarni loyihalash va qurilishini boshqarish ishlarida xorijiy, asosan yapon texnologik universitetlari va yuqori texnologik kompaniyalari jalb qilinadi.
Laboratoriyaning Yaponiyaning yetakchi texnologik oliy o'quv yurtlari orasidan kimyo va neftkimyo jihatidan kuchli potentsialga hamkorlari sifatida quyidagilar :
Laboratoriyaning potentsialga hamkorlari orasidan Yaponiyaning quyidagi yetakchi texnologik oliy o'quv yurtlari kimyo va neftkimyo jihatidan kuchli salahiyotga deb qaraladi:
Toyoxashi universiteti (Toyohashi University)
Keio universiteti (Keio University)
Osaka universiteti (Osaka University)
Xokkaydo universiteti (Hokkaido University)
Kyoto universiteti (Kyoto University)