Kimyo va Neftkimyo laboratoriyasi

Umumiy holat

1.1. «Kimyo va neftkimyo» laboratoriyasi (bundan keying o’rinlarda “laboratoriya” deb ataladi) «O'zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi» davlat korxonasi (bundan keying o’rinlarda “Markaz” deb ataladi) tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.
1.2. Laboratoriya o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi Ta'lim to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi me’yoriy hujjatlari, Markaz Nizomi, Markazning ichki me’yoriy hujjatlari va ushbu Nizom ushbu Nizom asosida olib boradi.
1.3. Laboratoriyaga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va maydon ajratiladi hamda ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanish uchun moddiy javobgarlik belgilanadi. Laboratoriya mehnat intizomi, texnika va yong'in xavfsizligiga xodimlarni amal qilishini ta'minlaydi.

Laboratoriyaning maqsadi, vazifalari va faoliyati

2.1. Laboratoriya asosiy maqsadi O'zbekiston innovatsion iqtisodiyotning bazasini yaratishda faol ishtirok etish uchun yosh mutaxassislar va talabalarning innovatsiya va ta'lim faoliyatini ularning ilmiy-texnik g'oyalarini real vositalar, uskunalar, texnologik jarayonlar va echimlarga tadbiq etish orqali rivojlantirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish.
2.2. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga qiziquvchan va o’z ilmiy ishlarini amaliyotga joriy qilishni hohlaydigan qobiliyatli va iqtidorli talabalar, yosh olimlar va turli soha mutaxassis xodimlarini birlashtirish.
2.3. Sanoat sohalari uchun yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradigan texnologiyalar "transferi" va yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishga mo’ljallangan yoshlar ijodiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish.
2.4. Muhandislik faoliyatining xalqaro standartlariga muvofiq ilmiy-texnologik loyihalash printsiplarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish ko’nikmasiga ega bo'lgan yosh mutaxassislarni tayyorlash.
2.5. Yosh mutaxassislarda xorij tajribalarini chuqur o'rganish asosida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida bozor talab qilgan texnologiyalarni qo'llash qobiliyatlarini shakllantirish.
2.6. Markazning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha yosh mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini zarur eksperimental va tajriba-texnologik bazasi bilan ta’minlash.
2.7. Yosh mutaxassislarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga ko’maklashish uchun yuqori malakali expert-ustozlar, xorijlik expertlar va ko'ngillilarni jalb qilish.
2.8. Yetakchi mahalliy va xorijiy nashlarda (Rossiya ilmiy ixtiboslik indeksi va Scopus reytinglariga kiritilgan) tadqiqot natijalarini chop qilish, shuningdek Markaz nomidan eng istiqbolli ishlanmalarni patentlash.
2.9. Tasdiqlangan texnik topshiriq va kalendar rejalarga muvofiq bajarilishi belgilangan ish hajmini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash.
2.10. Laboratoriya loyihalarni boshqarish sifatini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda faoliyat amalga oshiradi.
2.11. Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha eksperimental tadqiqotlar o'tkazish uchun zamonaviy laboratoriya klasterini yaratish:
- aromatik uglevodorodlarni ajratib olish va uni qayta ishlash texnologiyalari;
- nanostruktura asosida yangi turdagi fotokatalizatorlar va biokatalizatorlar olish uchun katalitik jarayonlarni o‘rganish:
- neft-gaz va metallurgiya sanoati uchun yangi sorbentlar olishni rivojlantirish;
- ko‘plab tonnajli sanoat chiqindilaridan unumli foydlanish usullarini ishlab chiqish;
- vodorod energetikasi uchun yangi elektrokimyoviy materiallarni ishlab chiqish;
- toza reagentlar va materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- kamyob va nodir metallar tahlili uchun ekspress tizmlarni aniqlashning yangi analitik usullarini ishlab chiqish.
Yaponiya tomoni bilan kelishilgan holda Markazning faoliyatidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot, texnologik ob'ektlarni loyihalash va qurilishini boshqarish ihlarida xorijiy, asosan yapon texnologik universitetlari va yuqori texnologik kompaniyalari jalb qilinadi.
Laboratoriyaning Yaponiyaning etakchi texnologik oliy o'quv yurtlari orasidan kimyo va neftkimyo jihatidan kuchli potentsialga hamkorlari sifatida quyidagilar :
Laboratoriyaning potentsialga hamkorlari orasidan Yaponiyaning quyidagi etakchi texnologik oliy o'quv yurtlari kimyo va neftkimyo jihatidan kuchli salahiyotga deb qaraladi:
Tokio Texnologiya Instituti (Tokyo Institute of Technology)
Toyoxashi universiteti (Toyohashi University)
Keio universiteti (Keio University)
Osaka universiteti (Osaka University)
Xokkaydo universiteti (Hokkaido University)
Kyoto universiteti (Kyoto University)